bg
background
bg
OLYMPUS DIGITAL CAMERA
ANTISKLER CHOY
ANTISKLER TEA

Do`lana – do`lana tarkibida katta miqdorda askorbin kislotasi, kalsiy va kaliy mavjud bo`lib, koronar tomirlar qisqarishining oldini oladi, shuningdek organizm asab tizimining qo`zg`alanuvchanligini pasaytiradi. Do`lana miya va yurakni kislorod bilan ta`minlanishni kuchaytirish, uyqu jarayonini normallashtirish, modda almashinuvini yaxshilash xususiyatiga ega.
Yalpiz – yalpiz yurakka quvvat beruvchi, yurak va qon aylanishishi funksiyasini rag`batlantiruvchi, shuningdek terlatuvchi vosita sifatida qollaniladi. Ushbu o`simlikdan shamollash va isitmaga qarshi foydalaniladi.

Quritilgan zirk mevasi – isitmani pasaytiradigan, mikroblarga qarshi kurashish xususiyatiga egadir. Shu bilan birgalikda, uni toksinlarni chiqarish, organizmni tozalash uchun ham qo`llaydilar.