bg
background
bg
OLYMPUS DIGITAL CAMERA
VINIFERA
Vinifera
80 000 sum so'm

Tez kunlarda so’m
Manba
Qizil uzum danaklarining konsentrati (Vitis vinifera)
Tarkibi
Qizil uzum danaklarining quruq konsentrati -150mg.
Yordamchi moddalar: laktoza va shakar kukuni, kraxmal, kaltsiy.
100gr qizil uzum danaklarining tarkibida: Vitaminlar: V1 (tiamin) 0.07, V2 (riboflavin) 0.07, V3 (niatsin) 0.188mg, V5 (pantoten kislotasi) 0.05mg, V6 (piridoksin) 0.086mg, V9 (foli kislotasi) 2mkg, S (askorbin kislotasi) 10.8mg.
Minerallar: Kaltsiy (Sa) 10mg, kaliy (K) 191mg, jelezo (Fe) 0.36mg, sink (Zn) 0.07mg, magniy (Mg) 7mg, marganets 0.07mg, fosfor (R) 20mgni tashkil qiladi.
Chiqarilish shakli:
60-ta tabletka 400mg.dan
Foydali hususiyatlari
Asab tizimiga ta’siri
Qizil uzum danagi quruq konsentrati yog‘ va suvda oson eriydi, demak – ichaklarda yaxshi so‘riladi, qon-tomirlarda aylanib, dori moddalar yetib bormaydigan joylargacha borishi mumkun. Protoks gematoensefalik baryerdan o‘tib, miya hujayralarini ishemik buzilishlardan himoya qiladi, ularda qon aylanishini va moddalar almashinuvini yaxshilaydi. U asab hujayralarida yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlarga qarshi kurashib, emotsional va aqliy zo‘riqishlarda kognitiv jarayonlarni yaxshilaydi. Qizil uzum danaklari konsentratidagi moddalar olingan ma’lumotni eslash, o‘ziga olish va qayta ishlab chiqarishda yordam beradi. Bundan tashqari, qizil uzum danagi quruq konsentrati miya hujayralarida patologik oqsil hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi va hosil bo‘lgan oqsil yig‘ilishlarni qisman buzib, Altsgeymer kasalligini oldini oladi.
Jigar va detoksikatsiya jarayonlariga ta’siri.
Qizil uzum danaklari konsentratidagi moddalar organizm hujayralarini dori, og‘ir metallar, alkogol va boshqa kimyoviy moddalar toksik ta’siridan himoya qiladi. Qizil uzum danagi quruq konsentrati og‘ir metall ionlarini oldindan bog‘lab, organizm hujayralariga nojoya ta’sir ko‘rsatishga bermaydi. Qizil uzum danaklari konsentratini qo‘llanilishi jigarni sitostatik, atsetaminofen, alkogolni toksik zaxaridan himoya qiladi va og‘ir nojoya ta’sirlarini kamaytirib, onkologik kasalliklarda qo‘llaniladigan dorilarni qabul qilishni osonlashtiradi.
Yurak qon-tomir tizimiga ta’siri.
Qizil uzum danaklari konsentrati yurak qon-tomir kasalliklarini rivojlanish havfini kamaytiradi, qon-tomir devorini mustahkamlab, nimjonligini pasaytiradi, qon tarkibidagi qand va xolesterin miqdorini kamaytiradi. Qizil uzum danaklari konsentrati qon-tomir devorlaridagi kollagenni mustahkamlaydi. Qon-tomirlarga ta’sir ko‘rsatganligi uchun meteomuhtojlik pasayadi. Qizil uzum danaklari konsentrati insulinga o‘xshab ta’sir ko‘rsatganligi uchun qand metabolizmini kuchaytiradi, arteriyalarni aterosklerozdan himoya qiladi. Qizil uzum danaklari konsentratini shunday ta’sirlari stenokardiya va infarkt rivojlanishini kamaytirib, qon haydash vaqtida yurak mushakdagi kuchlanishlarni kamaytiradi. Qizil uzum danaklari konsentrati – nootrop, adaptogen va angioprotektor ta’sirlariga ega.
Ko‘rish tizimiga ta’siri
Qizil uzum danagi quruq konsentrati yetib borish qiyin bo‘lgan joylarga – billur parchasiga – ta’sir etib, antioksidant himoyani kuchaytiradi. Billur parchasini hiralashishi (katarakta) bo‘sh radikallar ta’sirida paydo bo‘ladi. Shu tufayli qizil uzum danaklari konsentrati billur parchasini xiralashishining oldini oladi. Qizil uzum danaklari konsentrati angioprotektor ta’siriga ega bo‘lganligi tufayli asab hujayralariga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi, qizil uzum danagi quruq konsentrati diabetik retinopatiya va gipertonik angiopatiyalarda to‘r pardani holatini yaxshilaydi.
Yallig‘lanish jarayonini tashkil etuvchilarga ta’siri
Qizil uzum danaklari quruq konsentrati yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatib, to‘qimalardan ortiqcha suyuqlikni chiqarib, shishlarni yo‘qotadi, antigistamin ta’siriga xam ega.
Tayanch-harakat tizimiga ta’siri
Qizil uzum danagi quruq konsentrati suyak moddasini zichligini oshirish va suyak hosil bo‘lishidi ijobiy ta’siri aniqlandi. Qizil uzum danagi quruq konsentrati ta’sirida suyaklarda kaltsiy, fosfor, magniy va sink konsentratsiyalari oshadi. Shunday qilib, qizil uzum danagi quruq konsentrati ta’sirida suyaklar mustaxkamligi mexanik ta’sirlariga oshib, suyak sinishini oldini oladi.
Antibakterial ta’siri
Qizil uzum danaklari konsentrating qizil uzum danagi quruq konsentratii patogen grammusbat bakteriyalarni o‘sish tezligini pasaytiradi. Stomatologik va bazibir jarrohlik manipulyatsiyalardan so‘ng qonga bakteriyalar tushish natijasida tishlarda kariyes, yurak qavat va klapanlarning yallig‘lanish rivojlanishi mumkin, qizil uzum danagi quruq konsentrati ta’sirida shu jarayonlar kamayadi.
Qo‘llanilish bo‘yicha tavfsiyalar.
Qizil uzum danaklari konsentrati prototsianidin antioksidantlar manbasi sifatida quydagi kasalliklarni oldini olishda tavfsiya etiladi:
• Jarrohat va operatsiyalardan so‘ng tiklanish (shish va yallig‘lanishlarni oldini olish, bitishlarni tezlashtirish);
• Keksaygan yoshda demensiyani oldini olish;
• Altsgeymer kasallikni oldini olish;
• Jigar hujayralarini dori va alkogolni zararli ta’siridan himoya qilish;
• Stomatologik manipulyatsiyalardan so‘ng yurak klapan yallig‘lanishi va bakterial endokarditlarni oldini olish;
• Ultrobinafsha nurlarni uzoq ta’siridan so‘ng;
• Allergiya (uzumga allergiyadan tashqari);
• Suyaklar zichligini pasayishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Qo‘shimchaning tarkibidagi moddalarga sezuvchanlik va 3 yoshgacha bolalar.
Maxsus ko‘rsatmalar
Dori vositasi emas.
Qo‘llashdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashing.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga 1 tabletkadan 3 mahal, ovqat vaqtida.
Nojo‘ya ta’sirlari
Yuqori sezuvchanlik
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, xona haroratida saqlansin.
Sotish tartibi
Reseptsiz sotiladi.