Bugun: 21.08.2017

Uzoq umr ko'rish sirlari
Biz bilan bog`laning.
Biz facebookda.
YOKI
BOG`LANISH
VIVAMAX
MA'LUMOT

QURITILGAN TUT MEVASINING SHAKARSIZ SUYUQ EKSTRAKTI

Zamonaviy vakuum texnologiyasini va yuqori atmosfera bosimi ostida 60°C dan oshmagan haroratda qo`llash bilan quyultirib ishlab chiqarilgan. Mazkur texnologiya barcha vitaminlarni tabiiy holda saqlab qolish imkonini beradi.

TARKIBI
Tut mevasining shakarsiz suyuq ekstrakti

ISHLAB CHIQARISH SHAKLI
Suyuq ekstrakt – 200 ml / 260 gr.


FOYDALI XUSUSIYATLARI

ORTIQCHA VAZNGA TA’SIRI
Tut mevasi ekstrakti modda almashinuvini, ayniqsa uglevod almashinuvini yaxshilanishiga ta’sir ko`rsatadi.  Natijada ortiqcha uglevodlar yog`larga aylanmaydi va yog`li zaxiralarda to`planmaydi. Chunki ovqatdagi “tezkor” yog`lar semirishning sabablaridan biri bo`lib hisoblanadi. Quritilgan tut mevasining suyuq ekstrakti ozishda, vaznni normal chegaralarda ushlashda, shuningdek ichak va boshqa organlar atrofidagi chidamli yog`larga qarshi kurashishda foydali yordamchi vosita hisoblanadi.

Quritilgan tut mevasi suyuq ekstraktining faol komponentlari ferment lipoproteinlipazani faolsizlantiradi, bu ferment ovqatdan yog`larni intensiv ajratib olinishida va ularni teri osti kletchatkasida va ichki organlar atrofida to`planishida xizmat qiladi. Lipoproteinlipaza faolligining ortishi ortiqcha vaznning tez kelib chiqishiga olib keladi. Semirishga moyil insonlarda hujayralarda lipoproteinlipaza miqdori yuqori hisoblanadi. Shuning uchun, uning kamayishi barcha holatlarda vaznning kamayishiga va semirishning profilaktikasida yordam beradi.

Shunday qilib, quritilgan tut mevasining shakarsiz suyuq ekstrakti semirishning oldini olishda va ortiqcha vaznga qarshi kurashishning elementlaridan biri bo`lib hisoblanadi.

QON TIZIMIGA TA’SIRI
Quritilgan tut mevasi shakarsiz suyuq ekstraktining qon tizimini yaxshilashga ta’siri uning qonni kislorod bilan to`yintirish, to`qimalarni yangilanishini nazorat qilish, mustahkam membranali sog`lom qon tanachalarini va faol modda almashinuvini shakllantirish bilan aniqlanadi.
Quritilgan tut mevasining shakarsiz suyuq ekstrakti ta’siri ostida qonning ion muvozanati, to`qima membranalari mustahkamligi va to`qimalarning kislorod bilan ta’minlanishi tiklanadi. Shuning uchun, quritilgan tut mevasining shakarsiz suyuq ekstrakti anemiya va gipovitaminozda foydali bo`ladi.

QO`LLASH BO`YICHA TAVSIYALAR:

  • ortiqcha vazn;
  • past gemoglobin;
  • modda almashinuvining buzilishi.

QO`LLASH USULI
1 choy qoshig`ida kuniga 3 marta suvda eritib ichish tavsiya etiladi.