Bugun: 21.08.2017

Uzoq umr ko'rish sirlari
Biz bilan bog`laning.
Biz facebookda.
YOKI
BOG`LANISH
Biz haqimizda!
08.12.2016 23:04

“Har qanday narsani maromiga yetkazish uchun uni o‘zingiz qilishingiz kerak”, degan naql bor. “VIVA GROUP” kompaniyasi o‘z faoliyatini aynan shu shior asosida tashkil etib kelmoqda.

“Aholi o‘rtasida mikronutrient yetishmasligi profilaktikasi to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi hukumatimiz tomonidan xalqimiz salomatligiga, mamlakatimiz aholisining uzoq umr ko‘rishi, turli kasalliklarni oldini olishga qaratilgan ulkan g‘amxo‘rlikning yaqqol ifodasi bo‘lib, kompaniya rahbariyati ushbu jarayonga o‘z hissalarini qo‘shishni burch va mas’uliyat sifatida qabul qildi.

O`z faoliyatining asosiy yo`nalishlarini avvalo, aholi sog‘ligi va inson salomatligini ta’minlashga yo‘naltirgan “VIVA GROUP” kompaniyasi 2014 yilning avgust oyida tashkil etildi. O‘z maqsadini avvalo, har bir hamkor, faoliyatiga daxldor bo‘lgan har bir shaxs bilan birgalikda yangi va yuqori hayot bosqichiga chiqishga, ushbu jarayonni faqat halol mehnat va qonuniylik, oshkoralik va birdamlik orqali amalga oshirishga qaratgan “VIVA GROUP” kompaniyasi o‘z tashabbuskor va ishbilarmon ta'sischilari orqali Sizlarni ushbu yo‘lda birgalikda borishga, yangicha va farovon hayot yo‘lida birgalikda yuqori odimlashga chaqiradi!

“VIVA GROUP” – sog‘lom va foydali hayot!